Презентация, доклад по химии на тему ВАНАДИЙ (9 класс на узбекском языке)

MAVZU: VANADIY VA UNING XOSSALARI.MUSTAQIL ISHI

Слайд 1Assalomu Alaykum

Assalomu Alaykum

Слайд 2MAVZU: VANADIY VA UNING XOSSALARI.




MUSTAQIL ISHI

MAVZU:  VANADIY VA UNING XOSSALARI.MUSTAQIL ISHI

Слайд 3MAVZU: VANADI VA UNING XOSSALARI.
R E ` J A
Vanadiyning

kashf qilinish tarixi.
Vanadiyning tabiatda tarqalishi.
Vanadiyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida tutgan o`rni. Atom tuzilishi.
Vanadiyning olinishi.
Vanadiyning ishlatilishi.
Fizik va kimyoviy xossalari.
Muxim birikmalari.
Biologik ahamiyati va ta`siri.
Foydalanilgan adabiyotlar
MAVZU: VANADI VA UNING XOSSALARI. R E ` J A Vanadiyning kashf qilinish tarixi. Vanadiyning tabiatda tarqalishi.

Слайд 4Vanadiyning kashf qilinish tarixi.
Vanadiy 1830-yilda Skandinaviyalik olim Zefshtrem tomonidan temir rudalarini

tekshirish vaqtida kashf qiliingan. 1869-yilda ingliz olimi Rosko erkin xolda ajratib olgan.
Vanadiy nomi go`zallik xudosi “Vanadis” nomidan kelib chiqadi.
1834-yilda vanadiy Uralda qazib chiqariladigan rudalar tarkibida topilgan.
Vanadiyning kashf qilinish tarixi.Vanadiy 1830-yilda Skandinaviyalik olim Zefshtrem tomonidan temir rudalarini tekshirish vaqtida kashf qiliingan. 1869-yilda ingliz

Слайд 5Vanadiyning tabiatda tarqalishi.
Vanadiy yer qobig`ining 1.5∙10-2 % ni tashkil qiladi. Lekin

vanadiy juda tarqoq element bo`lganidan uning birikmalariga boy yirik konlar uchramaydi. Vanadiyning 50 dan ortiq minerallari ma`lum. Ularga Quyidagilar kiradi: Peru va Argentinada uchraydigan Patronit VS4; Janubiy-Sharqiy Afrika va Avstraliyada uchraydigan Karnotit K2(UO2)2∙[VO4]2∙3H2O; Kolaradoda uchraydigan Vanadinit 3Pb3(VO4)2∙PbCl2 minerallaridir. Ural va Kerchda temir rudalarida ham vanadiy minerallari bo`ladi. O`rta Osiyoda uchraydigan Tyamuyunit minerali Ca(UO2)2∙(VO4)2∙H2O da ham vanadiy bor.
Vanadiyning tabiatda tarqalishi.Vanadiy yer qobig`ining 1.5∙10-2 % ni tashkil qiladi. Lekin vanadiy juda tarqoq element bo`lganidan uning

Слайд 6Vanadiyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida tutgan o`rni. Atom tuzilishi.

Vanadiyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida tutgan o`rni. Atom tuzilishi.

Слайд 7
Vanadiy D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasining 4- davr v gruppaning

yonaki gruppachasida joylashgan. d-elementlar oilasiga mansub. Tartib raqami 23, o`rtacha atom massasi 50,942 ga teng. Vanadiyning 2ta tabiiy va 7ta sun`iy izotoplari olingan. Shulardan, barqarorlari 50V tabbiy vanadiyning 0,24% ini va 51V tabiiy vanadiyning 99,76% ini tashkil qiladi.
Vanadiy atomida 23 ta elektron va proton mavjud bo`lib, undagi neytronlar soni 28 taga teng. Ya`ni:
N = Ar – Z = 51 – 23 = 28
Vanadiyning atomida jami 4 ta elektron qobiq bo`lib, tashqi qobiqda 2 ta elektron joylashgan.
Uning elektron konfiguratsiyasi:
V+51)))) 1s22s22p63s23p64s23d3
28112
Vanadiyning nisbiy elektromanfiyligi 1,6 ga teng.
Vanadiy D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasining  4- davr v gruppaning yonaki gruppachasida joylashgan. d-elementlar oilasiga mansub.

Слайд 8Vanadiyning olinishi
Xozirgi vaqtda vanadiy va uning oksidlarini qaytarish yo`li bilan

ferrovanadiyni xlorlash orqali olinadi. Qaytaruvchi sifatida Ca, Mg, Al, metallari ishlatiladi.
Temir oksid bilan vanadiy (v)-oksidni aralashmasini qaytarish orqali ferrovanadiy olinadi; uning tarkibida 30-40% vanadiy bo`ladi. Toza vanadiy olish uchun vanadiyning (III)-oksidi inert gaz atmosferasida kalsiy Ca bilan yoki vanadiy (v)-oksidi alyuminiy Al bilan qaytariladi.
V2O3 + 2Ca → 2V + 3CaO
3V2O5 + 10Al → 6V + 5Al2O3
Birinchi reaksiyani vanadiy hosil qilishning kalsiy termik usuli deyiladi. Reaksiyada ko`p miqdor issiqlik chiqadi. Bu issiqlik vanadiyni suyuqlantirish uchun yetarli bo`lganligi uchun vanadiy erib, so`ngra dona-donachalar shaklida yig`iladi. Reaksiyani germetik berk po`lat bo`mbalarda olib boriladi. Bu usulda hosil qilingan vanadiyning tozalik darajasi 99,5% ga teng.
Nixoyatda toza VJ2 ni vakumda elektr toki ta`sirida qizdirilgan volfram W simda 9000C da parchalab olinadi.

VJ2 → V + J2

Xlorlash usulida ferrovanadiyga xlor ta`sir ettirib avval VCl4 olinadi; u VCl3 va Cl2 ga parchalanadi. VCl3 ni po`lat retortada Ar atmosferasida Mg bilan qaytarib, vanadiy olinadi.
2VCl4 → 2VCl3 + Cl2
2VCl3 + 3Mg → 3MgCl2 + 2V
Vanadiyning olinishi Xozirgi vaqtda vanadiy va uning oksidlarini qaytarish yo`li bilan ferrovanadiyni xlorlash orqali olinadi. Qaytaruvchi sifatida

Слайд 9Vanadiyning ishlatilishi
Vanadiyni silitsid va boridlari VSi2,VB, VB2 o`tga chidamli

materiallar olishda ishlatiladi. Vanadiy metallurgiyada ko`p qo`llaniladi, po`latga 0,15 – 0,25 % vanadiy qo`shilganda uning elastikligi va qattiqligi ortadi. Ishlab chiqariladigan vanadiyning 95 % miqdori po`lat olish uchun sarf bo`ladi. Vanadiydan ayniqsa, asbob va dastgoxlar yasashga ishlatiladigan po`lat olishda ko`p foydalaniladi.
Vanadiy cho`yanga xam qo`shiladi. Undan tashqari, doimiy magnet tayyorlanadigan qotishmalarga ham vanadiy qo`shiladi. Yadro reaktorlarini qurish uchun ishlatiladigan materiallar tarkibiga ham ozgina vanadiy qo`shiladi.
Kimyo sanoatida (sulfat kislota olish, organic sintezda) vanadiy birikmalari katalizator sifatida ishlatiladi. Ular qishloq xo`jalik, tibbiyot, to`qimachilik, lak, bo`yoq, rezina, shisha, keramika va foto-kino sohasida ham ishlatiladi.
Vanadiyning ishlatilishi Vanadiyni silitsid va boridlari VSi2,VB, VB2 o`tga chidamli materiallar olishda ishlatiladi. Vanadiy metallurgiyada ko`p qo`llaniladi,

Слайд 10Fizik va kimyoviy xossalari
Fizik xossalari:

Fizik va kimyoviy xossalari Fizik xossalari:

Слайд 11
Sof xolatdagi vanadiy kulrang (kumushsimon) yuqori temperaturada ya`ni 17200 C da

suyuqlanadigan og`ir metall. Vanadiyning suyuqlanish temperaturasi 34000C ga teng. Uning solishtirma og`irligi 5,87 ga teng. U odatdagi sharoitda havo va suv ta`siriga ancha chidamli. Zar suvi va nitrate kislota kabi oksidlovchilarda, shuningdek HF da eriydi.
Vanadiy hajmiy markazlashgan kub shaklida kristallanadi. Vanadiy yaxshi mexanik xossaga ega; Vanadiyning fizik va mexanik xossalari uning tozalik darajasiga bog`liq. Vanadiyda vodorod, kislorod, uglerod, azot kabi moddalardan juda oz miqdorda bo`lsa ham, vanadiyning qattiqligi oshib, plastikligi kamayib, metall mo`rt bo`lib qoladi.
Vanadiy yuqori temperaturalarda kislorod va azot bilan birikadi. Uning hamma birikmalari zaxarlidir.
Sof xolatdagi vanadiy kulrang (kumushsimon) yuqori temperaturada ya`ni 17200 C da suyuqlanadigan og`ir metall. Vanadiyning suyuqlanish temperaturasi

Слайд 12
Kimyoviy xossalari:
Vanadiy odatdagi temperaturada havoda o`zgarmaydi; kukun xolatidagi vanadiy kislorodda

ravshan alanga berib yonadi. Vanadiy faqat yuqori temperaturada kislorod, azot, uglerod va galogenlar bilan bevosita birikadi, chunki vanadiy sirtidagi ximoya parda 3000C dan yuqorida yemiriladi.
Vanadiy o`z birikmalarida 2, 3, 4 va 5 valentli bo`ladi.
1. V2O5 + 7C = 2VC + 5CO
2. 2VCl3 = VCl2 + VCl4
3. VCl4 + H2O = VOCl2 + 2HCl
4V(OH)2 + N2 + 4H2O = 4V(OH)3 + N2H4
5. V2O5 + 6NaOH = 2Na3VO4 + 3H2O

Kimyoviy xossalari:Vanadiy odatdagi temperaturada havoda o`zgarmaydi; kukun xolatidagi vanadiy kislorodda ravshan alanga berib yonadi. Vanadiy faqat

Слайд 13Muxim birikmalari.
Vanadiyning 4 ta oksidi – VO, V2O3, VO2 va V2O5

ma`lum.
Vanadiy (II)-oksid VO qora rangli, asos tabiatiga ega bo`lgan qattiq modda. Vanadiy (II)-oksid olish uchun V2O5 17000C da vodorod bilan qaytariladi.
V2O5 + 3H2 = 2VO + 3H2O
VO kislotalarda eriganda 2 valentli vanadiy tuzlari hosil bo`ladi. Uning gidroksidi V(OH)2 qo`ng`ir va 2 valentli tuzi, masalan, VSO4·7H2O binafsha rangli. Lekin uning kompleks tuzlari, masalan, K4[V(CN)6]·3H2O sariq tusli bo`lib, temirning ana shu xildagi tuzlari bilan izomorfdir. Ikki valentli vanadiy birikmalari xavoda juda tez oksidlanib ketadi.
Vanadiy (III)-oksid V2O3 qora rangli qattiq modda, kuchsiz asos tabiatiga ega. Uni ham V2O5 ni vodorod yoki ko`mir ta`sirida qaytarish orqali olinadi.
V2O5 + 2C = 2CO + V2O3
Uning gidroksidi V(OH)3 yashil rangli ipir-ipir cho`kma holida bo`ladi. Uch valentli vanadiy sulfat V2(SO4)3 sariq rangli kukun; u suvda erimaydi; ishqoriy metallar sulfatlari bilan qo`sh tuzlar hosil qiladi. Uch valentli vanadiy birikmalari xam juda tez oksidlanib ketadi.
Vanadiy (IV)-oksidi VO2 to`q-binafsha rangli, amfoter tabiatiga ega qattiq jism. Uni olish uchun V2O5 oksalat kislota bilan qaytariladi.
Vanadiy (V)-oksidi V2O5 6600C da suyuqlanadigan qovoq rang qattiq jism. Uni olish uchun ammoniy metavanadat qattiq qizdiriladi:
2NH4VO3 → V2O5 + 2NH3 + H2O
V2O5 kuchli kislotali muhitda oksidlanish xossalarini namoyon qiladi; masalan, u vodorod xloridni xlorga qadar oksidlaydi:
V2O5 + 6HCl → 2VOCl2 + Cl2 + 3H2O
V2O5 kontakt usulida sulfat kislota olishda katalizator sifatida ishlatiladi. Vanadat angidrid V2O5 ishqorlarning suvdagi eritmalarida erib vanadat kislota tuzlarini hosil qiladi.
Vanadiy galogenidlar VF5, VCl2, VCl3, VCl4 tuzlar tabiatiga ega. Vanadiy birikmalari zaxarli.
Muxim birikmalari.Vanadiyning 4 ta oksidi – VO, V2O3, VO2 va V2O5 ma`lum. Vanadiy (II)-oksid VO qora rangli,

Слайд 14
Odatdagi temperaturada vanadiyga suv, suyultirilgan kislotalar va ishqor eritmalari ta`sir etmaydi.

Suyultirilgan vodorod xlorid 3000C dan yuqorida vanadiy bilan reaksiyaga kirishib, VCl2 va VCl3 birikmalarini hosil qiladi.
Nitrat kislota vanadiyni oksidlab metavanadat kislota HVO3 ga aylantiradi. Hosil bo`lgan metavanadat kislota V2O5•xH2O tarkibli suvda erimaydigan moddaga aylanib qoladi. Umuman V2O5 ga muvofiq keladigan vanadat kislotalar erkin xolatda ajratib olingan emas. Ular faqat eritmalarda mavjud. Ularning tarkibi eritmadagi vodorod ko`rsatkich (pH) ga bog`liq. Bu kislota tuzlari – vanadatlar ma`lum sharoitda hosil bo`ladi. Masalan, ortavanadatlar(Me4V2O7) pH 11,8 – 12,2 da, pirovanadatlar (Me4V2O7) pH 10 – 11,8 da va metavanadatlar (MeVO3) pH 7,5 – 10 da xosil bo`ladi. Eritmada vodorod ionlari konsentratsiyasi oshganda, ya`ni pH kamayganda, vanadatlar polimerlanish va kondensatlanish reaksiyalari natijasida tarkibi murakkablashib qoladi.
Vanadatlarga kuchli ishqoriy muhitda H2O2 ta`sir etganda peroksobirikmalar hosil bo`ladi.
Na3VO4 +4H2O2 → Na3VO8 + 4H2O
Kuchsiz ishqoriy muxitda esa Me3VO6 tarkibli peroksovanadatlar xosil bo`ladi. VO2 ga ishqor ta`sir ettirilganda vanadatlar
(masalan, Na2V4O9• 7H2O) xosil bo`ladi. VO2 ning kislotalar bilan xosil qilgan tuzlari vanadillar deb ataladi, masalan, VOSO4 – vanadil sulfat, VOCl2 – vanadil xlorid va xokazo.
Vanadiyning azotli birikmasi vanadiy nitrid VN issiqqa va kimyoviy moddalar ta`siriga chidamli, u 23600C da suyuqlanadigan qattiq jism. Vanadiyning karbidlari (V3C, V4C3, V2C, VC) elektr tokini o`tkazish va metallarda erish xossasiga ega. Ularning po`latlarda eruvchanligi qotishma sovutilganda kamayadi, natijada yaxshi sifatli po`lat xosil bo`ladi.
Odatdagi temperaturada vanadiyga suv, suyultirilgan kislotalar va ishqor eritmalari ta`sir etmaydi. Suyultirilgan vodorod xlorid 3000C dan yuqorida

Слайд 15Biologik ahamiyati va ta`siri
Vandiy yog` kislotalar sintezini

to`xtatadi. Ko`plab xolesterinlar xosil qiladi. Fermentlar tizimida ingibitor, ATF sintezini to`xtatadi. Monoaminoksidlarni aktivlashtiradi va fosforli birikmalarni oksidlaydi. Allergik reaksiyalar ya`ni, astma va eczema hamda leykopeniya va anemiya (kamqonlik) kabi organizmning asosiy biokimyoviy jarayonlarida ishtirok etadi.
Hayvonlarda vanadiy (25-50 mkg/kg miqdor) o`sishni to`xtatadi va o`lim xavfini oshiradi. O`rtacha 70 kg inson organizmida 0,11 mg vanadiy bo`ladi. Vanadiy va uning birikmalari 0,25mg miqdori insonda taksik xolatni keltirib chiqaradi va o`limga olib keluvchi miqdor esa 2-4 mg ni tashkil etadi.
Faqatgina vanadiy bir qancha organizmlarda, masalan, dengiz hayvonlari: goloturiy va assidiyalar qonida 10 % gacha uchraydi. Bu hayvonlarda vanadiy biologik ahamiyati katta. Bunday hayvonlar asosan Yaponiyada uchraydi. Amaliy jixatdan bu xayvonlarning ko`rish nuqtasi vanadiy chiqaradi.
Biologik ahamiyati va ta`siri   Vandiy yog` kislotalar sintezini to`xtatadi. Ko`plab xolesterinlar xosil qiladi. Fermentlar tizimida

Слайд 16Foydalanailgan adabiyotlar
N. A. Parpiyev. “Anorganik kimyo”. Toshkent. 2003
“Yosh ximik ensiklopedik

lug`ati”. Toshkent. 1990
X. Rustamov. “Umumiy ximiya”. Toshkent. 1969
Z. Saidnosirova. “Anorganik ximiya”. Toshkent. 1980
Foydalanailgan adabiyotlar N. A. Parpiyev. “Anorganik kimyo”. Toshkent. 2003“Yosh ximik ensiklopedik lug`ati”. Toshkent. 1990X. Rustamov. “Umumiy ximiya”.

Слайд 17E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

E`TIBORINGIZ  UCHUN  RAXMAT

Что такое shareslide.ru?

Это сайт презентаций, где можно хранить и обмениваться своими презентациями, докладами, проектами, шаблонами в формате PowerPoint с другими пользователями. Мы помогаем школьникам, студентам, учителям, преподавателям хранить и обмениваться учебными материалами.


Для правообладателей

Яндекс.Метрика

Обратная связь

Email: Нажмите что бы посмотреть