Слайд 1
MAVZU:
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI OILADA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SHEROZOVA SARVINOZ
Слайд 2 REJA:
KIRISh.
1-BOB MAKTABGAChA TARBIYA YOShIDAGI BOLALAR TARBIYASINING MAQSAD
VA VAZIFALARI
1.1. MAKTABGAChA TARBIYA YoShIDAGI BOLALAR TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI
1.2 MAKTABGAChA TARBIYa YOShIDAGI BOLALAR AQLIY VA AXLOQIY TARBIYaSINING MOHIYaTI.
2-BOB MAKTABGAChA TARBIYa YoShIDAGI BOLALARNI OILADA TARBIYALASh JARAYoNINING MAZMUN
2.1 OILADA BOLA TARBIYASINI TAShKIL ETIShNING PEDAGOGIK XUSUSIYaTLARI
2.2 MAKTABGAChA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI OILADA TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARI
2.3 MAKTABGAChA YoShDAGI BOLALARNI TARBIYaLAShDA OILA, MAHALLA VA O’QUV MUASSASASINING HAMKORLIGI MAZMUNI
3. XULOSA
4. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
Слайд 3
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI OILADA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI
ANIQLASH VA ULARGA OID METODIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH.
Слайд 4Bitiruv malakaviy ishning vazifalari.
-Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy tarbiyalash jarayoni
mohiyatini yoritish;
- Bola kamolotida oila tarbiyasining ahamiyatini ko’rsatish.
- Oilada bolalarni tarbiyalashing pedagogik psixologik xususiyatlarini aniqlash;
-Oila va maktabgacha tarbiya muassasalari hamkorligining shakl, usul va vositalarini aniqlash;
Слайд 5Oila- fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi hisoblanadi.
Chunki har bir
jamiyat a’zosining, bo’lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni:
o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni;
oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni;
BOLALAR TARBIYASIni o’z ichiga oladi.
Слайд 6Аynаn OILADA o’zаrо hurmаt, mеhr-оqibаt, hаlоllik, pоklik, mеhnаtsеvаrlik, vаtаnpаrvаrlik, insоnpаrvаrlik kаbi
оliy dаrаjаdаgi qаdriyatlаr shаkllаnаdi, аvlоddаn-аvlоdgа yеtkazilаdi.
SHu sifаtlаr оnа suti, оilа а’zоlаri mеhri vа nаmunаsi bilаn bоlа хulqi, hаtti-hаrаkаti mаzmunigа singib bоrаdi.
Слайд 7Оilаdа yosh аvlоdni оtа-оnа nаmunаsi оilа аn’аnаlаri, shаjаrаsi, kаsb-kоri, аhlоqiy-mа’nаviy qаdriyatlаri
аsоsidа tаrbiyalаsh, ulаr оngidа оilаgа sаdоqаt, o’zаrо mеhr-muhаbbаt, hurmаt hissini shаkllаntirish asosiy vazifalardan biridir.
Слайд 8
Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan.
Oila ahil va totuv
bo'lsa, jamiyatda tinchlik
va hamjihatlikka
erishiladi,
davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
Oila farovonligi milliy farovonlik asosidir.
Слайд 9Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganiik qoidasi.
Oilada bola Tarbiyasidan ko'zlangan asosiy maqsad
har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi.
Слайд 10Ota-onaning bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan
biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda ERTAKLAR, RIVOYATLAR, MASALLAR, MAQOLLAR, XALQ QO`SHIQLARI, TOPISHMOQLAr, shuningdek QUR'ONI KARIM, HADISI SHARIFlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi.
Слайд 11Oila tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi.
Bolalarni Vatanimiz qadriyatlari,
boy madaniyati bilan tanislitirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Слайд 12Oila tarbiyasida izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg'unligi va uzluksizlik qoidasi
Tarbiya ishida
izchillik juda muhim. Ota-ona avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so'ngra o'zi bu talabni unutib qo'ysa, bu hoi tarbiyaga yomon ta'sir qiladi. Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo'yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota-ona, o'qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli, ularning ishida izchillik va davomiylik bo'lishiga rioya qilish kerak.
Слайд 13O`zbek oilasidagi bola tarbiyasida mehnat va turmushdagi ijobiy milliy an`analar katta
rol o`ynaydi.Uzoq tarixga ega bo`lgan mehmondo`stlik an`anasi keyingi paytlarda ijtimoiy tushuncha va shakllar bilan boyib bormoqda.
Yosh avlodni tarbiyalash - murakkab va ko`p qirrali jarayon.
Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama, ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma`naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir.
Inson va uning baxt-saodati haqida, uning qadryatlari haqida g`amho`rlik qilish, qayg`urishni xayriyatki, hechdan ko`ra kech bo`lsada tushunib angladik.
Bu yo`qotib qo`ygan milliy urf-odatlarimiz,qadriyatlarimiz yana qaror topdi. Bu albatta kelgusi avlod uchun katta baxt.
Слайд 14Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir.Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila
insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo`lmaydi.Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, rostgo`ylik, samimiylik, sadoqatli, shirinsuhan bo`lish bola kamolatida beqiyos hayotiy muhim vositadir.Bu borada axloq –odobga oid “Hadis” namunalarida shunday deyiladi.Gaplarning yomoni bu yolg`onchilikdir.
Слайд 15Yolg`onni hazil bilan han jiddiy ham gapirib bo`lmaydi.
Ota o`z bolalariga
biron narsani va`da qilib so`ng uni bajarmay qo`ymasin!
Rostgo`ylik ezgulikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga.
Rostgo`y odamga yaxshi baho, yomon odamga yomon baho beriladi.
Слайд 16 Zero ota-onaning mehr-muhabati,chinakam hurmati bolalarda eng go`zal axloqiy tuyg`ularni, ayniqsa qadryatni
his qilishda yordam beradi. Bu esa unda kattalar orasida ham kamyop bo`lib qolgan insoniylik sifatlardan hisoblanadi.
Bolaning kelajakda qanday inson bo`lib yetishishi ko`proq ota-onasi va o`z oilasiga hamda unda tarkib topgan muhitga bog`liq.’’Bola ota-onasidan qayerga ortib boradi” degan gap ayni haqiqat. Demak, farzandlar ota-onalarini davomchilaridir.
Yusuf Xos Xojib “oiladagi” eng ulug` fazilat ezgu qiliq va go`zal hulqdir. Ikkinchisi rostlik, uchinchisi hayot hisoblanadi. Mana shu uch fazilat birlashsa kishi baxtiyor bo`ladi, qut iqbol uning huzuriga bosh urib keladi.Chunki kishining hulqi go`zal bo`lsa uni barcha xalq sevadi.”Xulqi yuz bo`lgan kishiga to`rdan joy tegadi” - degan edi.
Слайд 17Oilada bola tarbiyasi xususida gapirilganda yuqorida eslatib o`tganimizdek, uning asosiy manbasi
muhabbat, ishonch, o`zaro hurmatni tashkil qiladi. Xech kimga sir emaski oilaning ko`rki ham totuvligi ham bekamu ko`stligi ham farzandlarning qobilu mo`minligi ham asosan onalik mahoratiga, ayollik nozik qalbiga, yuksak hayosiga, qaynoq mehru muhabbatiga bog`liqdir.
Слайд 18Oilda ota-onaning shu oiladagi kattalarni yurish turishidan tartib so`z madaniyati, kiyinishi,
kishilar bilan muomalasi, xatto atrof-muhitga munosabati va shu singari oddiy bo`lib ko`rinadigan xolatlar ham bola tarbiyasiga katta ta`sir qiladi. Hozirda yoshlarni yetuk kishilar qilib tarbiyalash, ishlriga e`tibor keng tus oldi. Chunki jamiyatimizning kelgusi shu yoshlar qo`lida. Yoshlarni axloqan pok, jismonan sog`lom, yetuk kishilar qilib tarbiyalash oilaning oldiga qo`yilayotgan eng muhum talablardan biridir. Buning uchun har bir ota-ona o`z farzandining ezgu maqsadga intiluvchan, kattalarni e`zozlaygigan kichiklarga muruvvatli, o`qish va ishda matonatli qat`iy, tashabuskor, uyushqoq, qiyinchiliklardan qo`rqmaydigan kishilar qilib tarbiyalashlari lozim.
Слайд 19XULOSA QILIB AYTGANDA
Bolalarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular
quydagilardir:
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bulishni ta’minlash;
-bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
-bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
-bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
—farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
—ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
— bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
—oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
—sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni singdirish.