Презентация, доклад по химии сувнинг каттиклиги (9 класс) (на Узбекском языке)

MAVZU: SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YUMSH ATISH USULLARIREJA: KIRISHI. ASOSIY QISMI.1. SUVNING FIZIK KIMYOVIY XOSSALARII.2. SUVNI SANOATDA TAYYORLASH USULLARII.3. SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YUMSHATISH USULLARIII. XULOSA III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Слайд 1ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO TA’LIM YO’NALISHI I KURS

‘‘A’’GURUH TALABASI JO’RAYEV DOSTONNING KIMYO ASOSLARI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

BAJARDI: D.JO’RAYEV
TEKSHIRDI: F.NASRIDINOVA

ANDIJON 2016

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI  TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO TA’LIM YO’NALISHI I KURS ‘‘A’’GURUH TALABASI JO’RAYEV DOSTONNING KIMYO

Слайд 2MAVZU: SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YUMSH ATISH USULLARI
REJA:
KIRISH
I. ASOSIY QISM
I.1.

SUVNING FIZIK KIMYOVIY XOSSALARI
I.2. SUVNI SANOATDA TAYYORLASH USULLARI
I.3. SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YUMSHATISH USULLARI
II. XULOSA
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

MAVZU: SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YUMSH ATISH USULLARIREJA: KIRISHI. ASOSIY QISMI.1. SUVNING FIZIK KIMYOVIY XOSSALARII.2. SUVNI SANOATDA

Слайд 3Kirish.
Suv barcha tirik organizmlarning hayot birligi hisoblanadi. Tabiatda bo’ladigan barcha metobolitik

jarayonlarlar suv ishtirokida boradi. Shuning uchun ham suv yuzasini ¾ qismini tashkil etadi. Tabiatda eng ko’p tarqalgan element kislorod bo’lsa, kislorodning vodorod bilan hosil qilgan asosiy birikmasi suv (H20) dir. Suv tarkibida massasi jihatdan 88,8% kislorod va 11,2% vodorod bor.
Kirish.Suv barcha tirik organizmlarning hayot birligi hisoblanadi. Tabiatda bo’ladigan barcha metobolitik jarayonlarlar suv ishtirokida boradi. Shuning uchun

Слайд 4Suvning +4°C dagi zichligi 1 g/sm3 ga teng. Suvning solishtirma issiqlik

sig’imi 1 kkal/g yoki 4,18 J/g ga teng. Demak, 1 g suvni isitish uchun 4,18 kJ issiqliq sarf qilinadi. Suv tirik organizmlar va o’simliklar uchun eng kerakli modda hisoblanadi, chunki suv yaxshi erituvchidir. Tirik organizmlar va o’simliklar ozuqa moddalarni suv orqali tabiatdan qabul qiladilar. Suvning molekulalari o’zaro vodorod bog’lari orqali bog’langan. Shu sababli 0°C da muzlaydi, 100°C da qaynaydi.
Suvning tarkibidagi vodorod izotoplari turiga ko’ra: H20 (oddiy), D2O (og’ir) va T30(o’ta og’ir) suv bo’ladi. Lekin tabiatda asosan H2O holida uchraydi.Og’ir suvning fizikaviy xossalari: zichligi 1,1005 g/sm3.Og’ir suv kimyoviy reaksiyalarga sekinroq boradi. H20 ni uzoq, vaqt elektroliz qilganda elektrolizyorda D20 ham to’planadi. Undan moddalarning spektral xossalarini o’rganishda (vodorod — deyteriy almashinuvi) va yadro reaktorlarida neytronlardan sekinlashtirgich sifatida foydalaniladi.

I.1.Fizikaviy xossalari.

Suvning +4°C dagi zichligi 1 g/sm3 ga teng. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 1 kkal/g yoki 4,18 J/g

Слайд 5Kimyoviy xossalari.
Suv molekulasida vodorod-kislorod qutbli bog’lanish bo’lganligi va ularning

o’zaro 104° burchak ostida joylashganligi sababli uning molekulalari qutblangan. Shu sababli oddiy sharoitda metall va metallmaslar (ftor va xlor) bilan reaksiyaga kirishadi:





37-rasm. Suv molekulasining qutbliligini ko’rsatuvchi sxema: a —suv molekulasining fazoviy tuzilishi, b—rasm molekulasi tashqi elektr maydonida,
v - suv molekulasining qutbli ekanligini va doimiy dipol momentiga ega ekanligini ko’rsatuvchi sxema.

Kimyoviy xossalari.  Suv molekulasida vodorod-kislorod qutbli bog’lanish bo’lganligi va ularning o’zaro 104° burchak ostida joylashganligi sababli

Слайд 6Suv molekulalari vodorod bog’lanish orqali bog’langan. Shu sababli oddiy sharoitda suv

suyuq modda.
Suvda ko’pchilik moddalarda eriydi va suvning molekulalari turli ionlar bilan gidratlar hosil qiladi. Suvning bu xususiyatini quyidagi 38-rasmdan ko’rish mumkin.



Suv ishqoriy va ishqoriy-yer metallar bilan ta’sirlashib ishqorlarni hosil qiladi:










Suv molekulalari vodorod bog’lanish orqali bog’langan. Shu sababli oddiy sharoitda suv suyuq modda.Suvda ko’pchilik moddalarda eriydi va

Слайд 7Yuqori temperaturada suv bug’iga boshqa metallar bilan ham birikib oksid hosil

qiladi:







Suv ko’pgina murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi:

Yuqori temperaturada suv bug’iga boshqa metallar bilan ham birikib oksid hosil qiladi:Suv ko’pgina murakkab moddalar bilan reaksiyaga

Слайд 8Bu reaksiyalar natijasida tegishli asos, kislota yoki kristallgidratlarhosil bo’ladi:



Suv ham oksidlovchi,

ham qaytaruvchi vazifasini bajara oladi. Chunki suvning tarkibida H+ va O-2 mavjuddir. Shu sababli suv metall gidridi bilan reaksiyaga kiri-shib, oksidlovchi:



Kislorodni biriktirib olib vodorod peroksid hosil qilish reaksiyasida qaytaruvchi bo’la oladi:








Bu reaksiyalar natijasida tegishli asos, kislota yoki kristallgidratlarhosil bo’ladi:Suv ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi vazifasini bajara oladi. Chunki

Слайд 9I.2.SANOATDA SUVNI TAYYORLASH
Iste’mol uchun va texnologik jarayonlarni amalga oshirish

uchun suv hayot manbai, erituvchi, xomashyo va energiya tashuvchi vosita vazifalarini bajaradi. Suvning kundalik hayotda o’ta muhim modda ekanligi e’tiborga olinib, u maxsus tayyorlash jarayonlaridan o’tadi.

Bu jarayon quyidagi asosiy boskichlarni o’z ichiga oladi:

1.Tabiiy suvni mexaniq kushimchalardan tozalash tindirish. Bunda oqib keladigan suv katta sig’imli inshootlarga yig’iladi va ma’lum muddat saqlab tindiriladi.
I.2.SANOATDA SUVNI TAYYORLASH  Iste’mol uchun va texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun suv hayot manbai, erituvchi, xomashyo

Слайд 102.Tindirish boskichidan keyin suvni unda "muallaq." holda keladigan mikrogeterogen zarrachalardan tozalash

uchun bu zarrachalar koagulyasiyalanadi. Bu jarayonda suvga Fe2(S04)3, Al2(S04), va CuS04 kabi elektrolitlardan tegishli miqdorda qo’shiladi. Bu moddalar koagulyantlar deyiladi, chunki suvdagi muallaq zarrachalar musbat va manfiy zaryadli bo’lgani sababli, bu kuchli elektrolitlar Fe3+, Al+3, Cu2+ ionlarini hosil qilib, zarrachalarni o’zlari bilan yirik zarrachalar hosil qilib cho’kmaga tushiradi.
3.Suvni filtrlash. Ba’zi hollarda yuqoridagi ikkala bosqichda ham suvni mexanik qo’shimchalardan tozalash imkoniyati bo’lmasa u "mato"li, qog’ozli yoki boshqa turdagi filtrlar orqali o’tkazilib, tozalanadi.
4.Suvni dezinfeksiyalash. Suvni unda mavjud bo’lgan mikroorganizmlar, mikroblar, zararli kimyoviy moddalardan tozalash uchun xlor gazi, xlorli ohak solingan naychalar, ozon, kislorod gazi bilan qayta ishlanadi. Bu moddalar kuchli oksidlovchi xossalariga ega bo’lgani uchun mikrob va zaharli kimyoviy moddalarni oksidlab zararsizlantiradi.
2.Tindirish boskichidan keyin suvni unda

Слайд 115.Suvni deaeratsiyalash. Suv unda erigan S02, C02, 02 kabi gazlardan tozalash

uchun gazsizlantiriladi. Bunda suv maxsus qurilmalarda aylanma harakatga keltirilib, gazlar chiqarib yuboriladi.
6.Suvning qattiqligini aniqlash va uni yumshatish. Sanoati rivojlangan hududlarda texnologik jarayonlarda foydalanilgan suvlar "oqava suv"lar deyilib, ulardan foydalanish uchun bu suvlarni ham yuqoridagi usullar
(birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi usullar) yordamida tozalanadi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, iste’mol va sanoat ehtiyojlari uchun suvni yaroqli holga keltirish katta mehnat va mablag’ talab kiladigan ekologiya va iqti-sodiy tadbirdir. Shu sababli har qanday ishlab chiqarish jarayonida, turmushda suvdan tejab foydalanish zarur!
5.Suvni deaeratsiyalash. Suv unda erigan S02, C02, 02 kabi gazlardan tozalash uchun gazsizlantiriladi. Bunda suv maxsus qurilmalarda

Слайд 12I.3.SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YO’QOTISH USULLARI
Suvda turli tuzlar, ayniqsa, Ca2+ va

Mg2+ — ionlari tutgan tuzlarning eriganligi tufayli "suvning kattiqligi" yuzaga keladi.
Suvning qattiqligi deb, 1 litr (1000 ml) suvda erigan Ca2+ va Mg2+ lar tuzlarining "mg/ekv" (milligram ekvivalent) midoriga aytiladi.
Shu tushunchaga asosan "suvning qattiqligi" quyidagicha hisoblanadi:
I.3.SUVNING QATTIQLIGI VA UNI YO’QOTISH USULLARISuvda turli tuzlar, ayniqsa, Ca2+ va Mg2+ — ionlari tutgan tuzlarning eriganligi

Слайд 13Suvning qattiqligi uch xil: a) vaqtinchalik, b) doimiy, v) umumiy bo’ladi.

а)Vaqtinchaliq qattiqlik suvda erigan Ca(HS03)2, Mg(HCO,)2 (ba’zan
Fe(HC03)2 bo’lishi ham mumkin) tuzlar tufayli yuzaga keladi. Shuning
uchun karbonatli qattiqlik ham deyiladi. Buni vaqtinchalik qattiqlik
deyilishigasabab, suv qaynaganda bu qattiqlik yo’qoladi.



Shu sababli suv qaynatilgan idishlarda "quyqa”, ya’ni suvda-erimaydigan
karbonat tuzlari hosil bo’ladi. Bu usulda suvni yumshatganda suvning
qattiqligi 5—7 mg • ekv/l gacha kamayadi.
b. Doimiy qattiqlik suvda erigan CaCl2, CaS04, MgCl2 va MgS04tuzlari tufayli yuzaga keladi. Bu qattiqlik suvni qaynatganda yo’qolmaydi.
v. Doimiy qattiqlik bilan vaqtinchalik qattiqliklarning yig’indisi umumiy qattiqliq deyiladi. Suvning umumiy qattiqligiga asoslanib, suv turli qattiqlik darajasidagi turlarga ajratiladi.



Suvning qattiqligi uch xil: a) vaqtinchalik, b) doimiy, v) umumiy bo’ladi. а)Vaqtinchaliq qattiqlik suvda erigan Ca(HS03)2, Mg(HCO,)2

Слайд 14 Agar qattiqlik 0 dan 4 mg • ekv/l (yoki 4°) bo’lsa. juda

yumshoq suv deyiladi. Bunga distillangan, yomg’ir va qor suvlari kiradi.
Qattiqligi 4—7 mg-ekv/l (4° dan 7° gacha) bo’lsa, bunday suv yumshoq suv deyiladi. Bunday suv kishilar iste’mol qilishi uchun yaroqli bo’ladi. Bu suvga ichimliq suvlari deyiladi.
Qattiqligi 7—14 mg • ekv/l bulgan suv qattiq suv deyiladi. Bu suv iste’mol uchun ham, texnologik jarayonlar uchun ham yaroqsiz bo’ladi.
Qattiqligi 14 mg• ekv/l dan (14° dan) yukori bulgan suv o’ta qattiq suv deyiladi.
Agar qattiqlik 0 dan 4 mg • ekv/l (yoki 4°) bo’lsa. juda yumshoq suv deyiladi. Bunga distillangan,

Слайд 15Suvning qattiqligini yo’qotish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
Fizikaviy usullar.
Suvni qaynatish va

distillash bu usulning asosini tashkil etadi. qaynatganda vaqtinchalik qattiqlik yo’qoladi, suv qisman yumshaydi. Dis-tillanganda suvning umumiy qattiqliigi yo’qoladi, suv to’liq yumshaydi.
Suvning qattiqligini yo’qotish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:Fizikaviy usullar. Suvni qaynatish va distillash bu usulning asosini tashkil etadi.

Слайд 16Kimyoviy usullar.
Bu usullarga ishqorlash, sodalash, fosfatlash va ionitlar bilan ishlash

kiradi. Bularning barchasi suvda erigan tuzlarni kimyoviy reaksiya nati-jasida suvda yomon eruvchi birikma holiga o’tkazishga yoki ionitlar vositasida ion almashuvi tufayli suvli eritmadan chiqarib yuborishga asoslangan.
Kimyoviy usullar. Bu usullarga ishqorlash, sodalash, fosfatlash va ionitlar bilan ishlash kiradi. Bularning barchasi suvda erigan tuzlarni

Слайд 17Ishqorli usulda suvning qattiqligini yuqotishda suvga tegishli miqdorda NaOH yoki Ca(OH)2,

qo’shiladi. Bunda karbonatli qattiqlik yo’qoladi:


Ishqorli usul bilan suvning qattiqligini to’liq, yo’qotib bo’lmaydi. Bu usul oxirgi vaqtlarda deyarli qo’llanilmaydi.

Sodali usulda.
Suvga uning qattiqligi qiymatidan kelib chiqqan holda Na2C03 yoki Na2CO3 • 10H2O qo’shiladi.


Ishqorli usulda suvning qattiqligini yuqotishda suvga tegishli miqdorda NaOH yoki Ca(OH)2, qo’shiladi. Bunda karbonatli qattiqlik yo’qoladi:Ishqorli usul

Слайд 18II. XULOSA:
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, suv barcha tirik organizmlarning

hayot birligi hisoblanadi. Yer yuzasida suvning qariyb 97% ini dengiz, okean suvlari tashkil etib, ular iste’molga yaroqsizdir. Qolgan 2-3% ini esa daryo, ko’l va yer osti suvlari tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, chuchuk suv zahiralari juda ham ozdir. Ulardan oqilona, tejab ishlatishimiz har birimizning vazifamizdir.
II. XULOSA: Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, suv barcha tirik organizmlarning hayot birligi hisoblanadi. Yer yuzasida suvning

Слайд 19III. Foydalanilgan adabiyotlar.
I.R.Asqarov, K.G’.G’opirov ‘‘Kimyo asoslari’’. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy

nashr. Tosh. 2011.
I.R.Asqarov, K.G’.G’opirov, N.X.To’xtaboyev 9-sinf uchun darslik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashr. Tosh. 2010.
www.ziyonet.uz

III. Foydalanilgan adabiyotlar.I.R.Asqarov, K.G’.G’opirov ‘‘Kimyo asoslari’’. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashr. Tosh. 2011.I.R.Asqarov, K.G’.G’opirov, N.X.To’xtaboyev 9-sinf

Слайд 20E’tiboringiz uchun

rahmat!!!
E’tiboringiz uchun

Что такое shareslide.ru?

Это сайт презентаций, где можно хранить и обмениваться своими презентациями, докладами, проектами, шаблонами в формате PowerPoint с другими пользователями. Мы помогаем школьникам, студентам, учителям, преподавателям хранить и обмениваться учебными материалами.


Для правообладателей

Яндекс.Метрика

Обратная связь

Email: Нажмите что бы посмотреть