Презентация, доклад по химии КИМЁ ВА ЭКОЛОГИЯ (7 класс) (на Узбекском языке)

“Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim !”

Слайд 1

Navoiy viloyati Tomdi tumani
25-umumiy o’rta ta’lim maktabi
kimyo fani o’qituvchisi
Bahronov

Alijon
Aslonovichning




“Atrof muhit va ekologiya”
mavzusida
TAQDIMOTI


Navoiy viloyati Tomdi tumani 25-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisiBahronov Alijon Aslonovichning“Atrof muhit va ekologiya” mavzusidaTAQDIMOTI

Слайд 2
“Aziz va yagonamsan, jonajon
O`zbekistonim !”

“Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim !”

Слайд 3Atrof-muhit va ekologiya

Atrof-muhit va  ekologiya

Слайд 4“Fuqаrоlаr аtrоf tаbiiy muhitgа ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo’lishgа mаjburdirlаr” O’zbеkistоn Rеspublikаsi

Kоnstitusiyasining 50- mоddаsi
“Fuqаrоlаr аtrоf tаbiiy muhitgа ehtiyotkоrоnа   munоsаbаtdа bo’lishgа mаjburdirlаr” O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitusiyasining  50- mоddаsi

Слайд 5Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri. XXI arga kelib inson tabiatga nisbatan

tajavuskorlik bilian munosobatda bo'lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar yetkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatligiga zarar yetkazmoqda. .
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri. XXI arga kelib inson tabiatga nisbatan tajavuskorlik bilian munosobatda bo'lmoqda, buning natijasida

Слайд 6Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik

o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi.
Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen (sun'iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, tog' jinslarining yemirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvon qoldiqlari, o'rmon va dashtdagi yong'in, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Слайд 7Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga:
avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi

o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi.
Hozirda er kurrasida xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda atmosferaga har yili 500 mln.tonna oltingugurt gazi, sulfat oksidi, azot oksidi, 6,5-7 mlrd. t. karbonat angidrid chiqarilmoqda. Shuningdek atmosferaning ifloslanishida va ko'plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning ham roli katta. Birgina reaktiv samolyot 8 soat ichida Amerikadan Yevropaga uchib o'tganda 50-100 tonnagacha kislorod yoqadi, ya'ni buni 100 ming gektar o'rmonzor bir kunda chiqarib beradi, bir kosmik kemaning fazoga chiqishi uchun 16 km radiusida ozon qatlami yemiriladi.
Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab

Слайд 8Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda

parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go'sht kombinatlari, kimyoviy o'g'itlar, zararli ximikatlar ko'proq ta'sir etadi. Bulardan tashqari kanalizatsiya shaxobchalaridan, avtomobil g'ildiraklaridan, oyoq kiyimidan, oshxonalardan va boshqalardan chiqqan chang, gazlar, hidlar ham atmosferani ifloslaydi.
Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go'sht kombinatlari,

Слайд 9Har yili sayyoramiz bo'yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi,

130 mlrd tonna ruda qazib olinadi, bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlaymiz. Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xo’jaligi yerlari, 22-25%ni yaylovlar, 2-3%ni yo’l,o'y-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga to’g'ri kelishini e’tiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli to’g'ri keladi. Hozirgi kunga kelib har yili 68 mln t. rux, 4 mln t. qo’rg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor 35 mln t., simob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga tashlanmoqda.
Har yili sayyoramiz bo'yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi,

Слайд 10Atmosfera havosi ifloslanishining tirik organizmlarga ta'siri.
Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog'lig'iga,

qolaversa barcha jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bir kishi sutka davomida o'rtacha 25 kg havo bilan nafas oladi. Havo tarkibidagi zarali chang, qurumlar, zararli gazlar kishi organizmida to'planaveradi. Oqibatda teri va ko'z kasalliklari, jigar serrozi, qonbosimining ortishi, surunkali bronxit, enfizima, nafas qisish va o'pka raki kabi kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Bolalar o'rtasida umumiy kasallanishning ortishi qayd qilingan.
Havoda oltingugurt oksidi ko'p bo'lishi natijasida kishilarda bronxit, gastrit kasalliklari vujudga keladi.
Atmosfera havosi ifloslanishining tirik organizmlarga ta'siri. Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog'lig'iga, qolaversa barcha jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Слайд 11Atmosfera havosining ifloslanishi o'simlik va hayvonlarga ham zarar etadi.
O'simlik barglariga, tuproq

va suv orqali esa ildiziga o'tadi. Ifloslangan havo o'simliklarni zararlab, ularda modda va energiya almashinuvini buzadi. Qishloq xo'jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam hosilli bo'lib qoladi. Sanoat va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi.
Qayrag'och dalalarda 300-400 yil yashasa, shahar parklarida 120-220 yil, avtomobil yo'llari atrofida 40-50 yil yashar ekan.

Atmosfera havosining ifloslanishi o'simlik va hayvonlarga ham zarar etadi.O'simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o'tadi.

Слайд 12Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta'sir etib, ularning zaharlanishiga, ba'zan esa nobud

bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Hayvon turlarining kasallanib, zaharlanib, qirilib ketishida urushlarning, xususan AQShning Vetnamda, Laosda olib borgan urushlarida kimyoviy qurollarni qo'llash tufayli 170 qush turidan hozir 24 qush turi, 55 sut emizuvchilar turidan 5 turi qolgan.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta'sir etib, ularning zaharlanishiga, ba'zan esa nobud bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Hayvon turlarining kasallanib,

Слайд 13Atmosferaga milliard tonnalab CO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 1850

yilga nisbatan 0,50C ga oshganligi aniqlangan. Agar atmosferadagi CO2 ning miqdori ortib boraversa, uning miqdori 2025 yilga borib 0,0379% ga etishi mumkin, bu esa er sayyorasi haroratini 1,80 C gacha ko'tarilishi taxmin qilinmoqda. Yer atmosferasi haroratining o'sishi, muzliklarning erishiga, suv sathining ko'tarilishiga olib keladi, bu esa ekin maydonlarini kamaytiradi, yog'in-sochin miqdori ko'payib, iqlim o'zgaradi.

Atmosferaga milliard tonnalab CO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,50C ga oshganligi aniqlangan.

Слайд 14Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomg'irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga

aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg'irni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg'irlar tuproq hosildorligini pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'ligiga zarar etkazadi.

Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomg'irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i

Слайд 15Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman “smog”

insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo'lgan. Fotoximik smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarning quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilishni tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi uzatiladi. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko'rilishi lozim.
Ayrim hududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman “smog” insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Слайд 16Atmosferaning kosmosdan ifloslanishi kosmik changlardan sodir bo'lmoqda. Yer sirtiga yiliga 10

mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi olam fazosidan Yerga kelayotgan turli xil chang, meteor zarralari, radiasiya oqimlari. Vulqonlarning otilishi va tog' jinslarining emirilishidan atmosferaga chiqqan turli xil zarralar bir necha yilgacha havoga suzib yurishi mumkin. Masalan, 1883 yil Karakatauda (Indoneziya) kuchli vulqon otilib, atmosferaga shunday ko'p miqdorda chang zarralari chiqqandiki, u 8-24 km balandligi, 16 km qalinligi qoplab olib 5 yil davomida havoda uchib yurgan.

Atmosferaning kosmosdan ifloslanishi kosmik changlardan sodir bo'lmoqda. Yer sirtiga yiliga 10 mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi

Слайд 18Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki atmosfera havosi

inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi.
Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin.

Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun

Слайд 19E’tboringiz uchun raxmat!!!

E’tboringiz uchun raxmat!!!

Что такое shareslide.ru?

Это сайт презентаций, где можно хранить и обмениваться своими презентациями, докладами, проектами, шаблонами в формате PowerPoint с другими пользователями. Мы помогаем школьникам, студентам, учителям, преподавателям хранить и обмениваться учебными материалами.


Для правообладателей

Яндекс.Метрика

Обратная связь

Email: Нажмите что бы посмотреть