Слайд 1
MAVZU: ANORNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Anor haqida
qadimgi fikrlar
2. Kimyoviy tarkibi
3. Shifobaxsh xususiyatlari
Слайд 2
Maqsad: Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri xisoblanadi. Tarkibida turli
tuman vitaminlar, biriktiruvchi to’qimalar, mikroelementlar mavjud, anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Shuning uchun uni qishloq xo’jaligida, shahar uy joylarida, buta bo’lganli va ixchamligi sababli xattoki ko’p qavatli binolarda ham yetishtirishni takomillashtirish ishlarini samaradorligini oshirish.
Слайд 3 Qadim yunon afsonasiga ko’ra Zevsning qizi Persefona Aidning yer osti saltanatida
anorni tatib ko’radi. U mazkur mevadan olti donini yegani uchun har yili olti oy yer osti dunyosida yashashiga majbur bo’ladi. Yunonlar tasavvurida shirali, serurug’ anor mevasi zulmat timsoli bo’lgan.
Xitoyda esa mazkur meva xosildorlik timsoli bo’lgan. Injilda yozilishicha Sulaymon podshoning anorzor bo’g’i bo’lgan. Isroilliklar saxrodagi darbadarlik yillarida Misrda anor yegan damlarini qumsashgan ekan. Muhammad payg’ambar ummatlariga ’’anor yeng, u-qalbni xasad va nafratdan tozalaydi’’, deganlar.
Слайд 4 Shunday qilib Sharqda anorga katta ahamiyat berilgan. U dastlab Eronda paydo
bo’lgan degan taxminlar bor. Lekin anor qadim o’tmish davrlaridan beri Osiyo, Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropa kabi issiq mintaqalarda yetishtirilgan. Xozirda Janubiy va markaziy Amerika hamda AQSH da anor yetishtirishga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Anor butasining balandligi 1.5 metrdan 6 metrgacha bo’lib, barglari yaltirab turadi. Ingichka qizg’ish novdalarining uchida zafaron rangli gullari bo’ladi.
Слайд 5 Mevasining po’stlog’i qizg’ish aralash to’q sariq, kattaligi apelsinday keladi. Po’stloq ichida
qizg’ish, shirali urug’lar bo’lib ulardan asosan salqin ichimliklar tayyorlanadi. Anordan tayyorlangan ichimliklar issiqda chanqoqni qondirib, organizmga bardamlik bag’ishlaydi.
Слайд 6Anor tarkibidagi hisobsiz shifobaxsh mikroelementlardan Ca, K, Na, Mg va Mn
eng asosiylardir. Anor sharbatidagi organik kislotalarga – shovulli, boratli, olmali, qaxraboli va limonli kislotaga ega bo’lgani bois g’aroyib ta’mga ega. Ayniqsa, anordagi 20 % tabiiy qandlar: fruktoza, glyukoza, fitonsidlar, turli xil tuzlar (oltingugurtli va xlorli) uning shifobaxshligini kuchaytiradi. Shuningdek, anor sharbatida B guruhidagi vitaminlar, PP, B6, C, E vitaminlari va A (karotin) provitaminlari bor.
Слайд 7 Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14% gacha) boshqa meva kislotalariga qand
va taninlarga juda boy. Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo’yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadine bu anorning oddiy sharbati.
Слайд 8 Uning po’sti, po’chog’i va ildizlari shifobaxsh. Barglarini damlab ichish mumkin.
Mevasi juda shirin, quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa gipertoniklarga katta foyda beradi. Anor sharbatida yetarlicha kaliy saqlanishi tufayli yurak – qon tomir tizimi faoliyati yaxshilaydi. Ayniqsa, organizmda qon aylanishi va modda almashinuvi buzilganda anor sharbati eng yaxshi darmondoridir. Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo’lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi.
Слайд 9 Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi. Shu bois uni organizmning sillasi
quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi. Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi.
Слайд 10 Anor mevasi po’chog’idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig’lanishi holatiga
yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo’shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamin juda ko’p miqdorda bo’lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko’plab virusli kasalliklarni oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtaxani ochadi uning urug’lari esa mushaklarni mustahkamlaydi. Anorning hamma qismlari foydali. U ho’l meva sifatida ham, murabbo ko’rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi.
Слайд 11Diqqat: Anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta
bo’lgan gastritda tavsiya etilmaydi! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo’shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.
Yodda tuting: Anor mevasi po’stlog’idan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ko’p miqdorda iste’mol qilish bosh aylanishiga umumiy darmonsizlikka, ko’ngil aynishiga, qusishga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.
Слайд 12 Anor o’z tarkibi va foydali xususiyatlari ko’ra shu darajada noyobki uni
ham tibbiyotda ham kosmetologiyada qo’llashadi. Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog’lar, sepkillar, xusnbuzarlarni yo’q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi. Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag’batlantirishga qodir. Agar uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib har kuni krem sifatida qo’llanilsa u terini oziqlantiradi va yoshartiradi.
Слайд 13 Tarkibidagi antioksidantlar anorni saratonga qarshi kuchli darmondoriga aylantiradi. Ma’lumki, antioksidantlar onkologik
kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtiradi. Mutaxassislarning fikricha, kimyoterapiya va jarroxlik amaliyotidan keyin anor sharbatili muolajani muntazam olib borish juda foydali. Anor donasida saratonning rivojlanishiga yo’l qo’ymaydigan noyob va shifobaxsh yog’ mavjudligi bois uni saratonga qarshi iste’mol qilish buyuriladi.
Слайд 14 Anor sharbati qon tomirlarini infeksiya va shlaklardan tozalab, aterosklerozdan xalos
etadi va qon tomirlarining devorini mustahkamlab, qayishqoqligini oshiradi. Shu tufayli anor sharbati gipertonik kasallikni yengishga ko’maklashadi, yani u tufayli arterial qon bosimi me’yorlashadi.
Ayni paytda anor mavsumi shu mavsumda ham mazali ham foydali bo’lgan anorni organizm uchun yetarli miqdorda iste’mol qilishni unutmang!