Слайд 1 “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o’qituvchisi
KAMOLOVA SHAHLONING
“Ms Excelda diagrammalar,
funksiya grafikalri va undan ta’lim jarayonida foydalanish metodikasi”
Слайд 2MS Excel dasturining ishchi maydoni quyidagilardan tashkil topgan.
Слайд 3Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron
kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko‘p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo‘linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo‘lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo‘lib, har bir katakcha o‘zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo‘lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o‘ng burchakda) ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
Слайд 41.1 MS Excel dasturida formula va funksiyalar
Ms Excel dasturida tayyorlanadigan ma’lumotli
jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ba’zan kataklardagi ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi, bunday hollarda formulalardan foydalaniladi.
Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tеnglamadir. Formulalar yordamida elеktron jadvalda ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elеktron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elеktron jadvallarni tasavvur qilish qiyin.
Jadvalga formulani qo‘yish uchun uni kеrakli yachеykaga kiritish kеrak. Formulalarni xam boshqa ma'lumotlar singari o‘zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko‘chirish va o‘chirish mumkin. Formuladagi arifmеtik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda yachеykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.
Sonlar va matnlar. Formuladagi hisoblashlarda qatnashayotgan sonlar va matnlar boshqa yachеykalarda joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, ularning ma'lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, ЕXCEL boshlang‘ich ma'lumotlar o‘zgartirilsa, formulalarni qayta hisoblab chiqadi.
Formula quyidagi elеmеntlardan ixtiyoriysini uz ichiga olishi mumkin:
Opеratorlar. Bittadan oshiq opеratordan tuzilgan formulani tuzishda EXCEL bu opеratorlarni tahlil qiladi. Bunda standart matеmatik qoidalarga asoslanadi.
Слайд 5Quyidagi jadvalda formulalarda qo‘llaniladigan opеratorlarning bajarilish tartibi ko‘rsatilgan.
Слайд 6Matematik funksiyalar
Formulalar har doim «=» bеlgisi bilan boshlanadi. Ushbu bеlgi yordamida
ЕXCEL matn va formulalarni farqlaydi. Buning uchun Excel dasturining tasmasidagi Формулы bo‘limiga murujaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
Слайд 7 Masalan. Berilgan 6, 10, 20, 60
sonlarining eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaymiz: A1:A4 kataklarga mos ravishda 6, 10, 20, 60 sonlarini kiritamiz. C1 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:A4) Enter tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Слайд 81.2 MS Excel dasturida matematik funksiyalar grafiklarini qurish
Misol.
y=x2 funksiya grafigini qurish.
B1:V1 diapazondagi yacheykalarga -10 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni kiritamiz. B2:V2 diapazondagi yacheykalarga esa yuqoridagi qiymatlarning kvadratini hisoblaymiz.
B1:V2 diapazondagi yacheykalarni belgilab, Diagrammalarning Grafik turini tanlaymiz. Natijada ishchi oynada parabola tasviri paydo bo‘ladi.
Слайд 9Misol. y=Sin(x) funksiya grafigini qurish.
B1:Z1 diapazondagi yacheykalarga -6 dan 6
gacha bo‘lgan sonlar 0.5 qadam bilan kiritamiz. B2:Z2 diapazondagi yacheykalarga esa yuqoridagi qiymatlarning sinusini hisoblaymiz.
B1:Z2 diapazondagi yacheykalarni belgilab, Diagrammalarning Grafik turini tanlaymiz. Natijada ishchi oynada sinusida tasviri paydo bo‘ladi.
Слайд 101.3 MS Excel dasturida diagrammalar bilan ishlash
MS Excel dasturida funksiya garfiklarini
qurishda diagrammalardan foydalaniladi.
Diagramma – axborotlarni sonlar qatori shaklida tasvirlashning usulidir. Shu bilan birga u grafik obyekt bo‘lib, unga grafik obyektlarga xos barcha xususiyatlar mos. Bunday obyekt bir yoki bir nechta ma’lumotlar qatoridan foydalanib yaratiladi. Stadart ko‘rinishdagi, doira shaklidagi diagramma esa bundan mustasno bo‘lib, unda faqat bitta ma’lumotlar qatorini tasvirlash mumkin.
Agar diagrammada birdan ortiq ma’lumotlar qatorida foydalanilgan bo‘lsa, unda ularni farqlash uchun Легенда (izoh) dan foydalaniladi. Легенда ma’lumotlar qatorining nomidir. Легенда sifatida mavjud ixtiyoriy nomlardan foydalanish mumkin: yillar, tumanlar, viloyatlar, va h.k. Ma’lumotlar qatoridagi toifalarning maksimal soni 32000 ta, uch o‘lchamli diagrammalarda esa 4000 tadan iboratdir. Excelda hisoblanayotgan misollarni ko‘rgazmali tasvirlab tushuntirish yani diagrammasini qurib ko‘rsatish, yechilayotgan masalalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Excel diagrammasidagi berilganlar qatori bu - asosida ishchi sahifadagi alohida qator yoki alohida ustun bo‘lgan, diagrammada berilgan o‘zaro bog‘langan elementlar guruhidir.
Слайд 11II.Bob. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning
ahamiyati.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning o’rni.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Bunda, eng avvalo, informatika va axborot texnologiyalari fani ta’limining mazmuni va maqsadini nazardan qochirmaslik zarur. Boshqacha qilib aytganda, asosiy diqqat-e’tibor ta’lim mazmunidan o’quv materialini berish usuliga tamoman o’tib ketmasligi shart. Ta’lim berish vositasi, usuli bo’lmish axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ulkan imkoniyatlariga tamoman mahliyo bo’lib, ularni o’qitishning yagona qolipi, andazasi sifatida qarash to’g’ri bo’lmaydi. G’arblik yirik mutaxassis K.Shennon ogohlantirganidek, bu sohada juda hushyor bo’lmoq talab etiladi, chunki barcha eshiklarni bitta kalit bilan ochib bo’lmaydi. Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida bu borada juda ham ziyraklik bilan ish tutish maqsadga muvofiq. Demak, informatika fani mashg’ulotlarida tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan informatika va axborot texnologiyalari fani ta’limi maqsadi ro’yobi uchun o’rinli va samarali foydalanish muhimdir. Shu bilan birga ularni ijodiy rivojlantirish ham maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Слайд 12Interfaol metod texnologiyasining mohiyati o’quvchilarning ijodkorligiga tayanish va darsda erkin bahs-munozara
sharoitini tug’dirishdan iboratdir. Bu metodikaga ko’ra darslar bir necha bosqichga bo’linadi:
1.Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o’quvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash nazarda tutiladi.
2. Fikriy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan o’rnida qo’llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo o’quvchilarga fikriy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi.
3. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o’qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to’ldiriladi.
4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh topshiriq bo’yicha o’z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma’lum qiladi.
Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo’lga qo’yilishi mumkin. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur:
1. Guruhlarga ajratish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.
3. Har bir guruhdagi o’quvchilar bilim darajasining teng bo’lishiga erishish kerak.
4. Odatda, guruhning doira shaklida o’tirishini ta’minlash lozim.
5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g’oyalariga e’tibor beriladi. Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo’l-yo’riq ko’rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag’batlantirib borish, ishning natijasini baholash kabilarga ham ahamiyat berish muhim hisoblanadi.
Слайд 132.1. “Ms Excelda diagrammalar, funksiya grafiklari” modulini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or
xorijiy tajribalar
Diagrammalar tarkibi
Diagramma quyidagi elementlardan iborat
Diagrammaning joylashuvi;
Diagramma sharhi;
Sharh elementlari;
Ko’rsatkichlar o’qlari;
Kategoriyalar o’qlari;
Ko’rsatkichlar o’qlarining sarlavhasi;
Kategoriyalar o’qlarining nomlari;
Diagrammalar sarlavhasi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilishorqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Слайд 15Zamonaviy pedagogik texnologiya izchil va ketma-ket amaliy faoliyatga, ta’lim-tarbiya jarayoniga avvaldan
rejalashtirilgan maqsadni amalga oshirishga hamda ma’lum modulni pedagogik tizim amaliyotida qo’llashdir. Zero, u ommaviy ta’lim sharoitida davlat ta’lim standartlari talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Bugungi kunda ilg’or ta’lim texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib, ta’lim tizimining barcha turlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Natijada o’quvchilarning ijodiy ishlashiga, dunyoqarashining kengayishiga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Umum ta’lim maktablari ham ilg’or ta’lim texnologiyalarining interfaol metodlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Quyida mana shunday metodlarning (grafik organayzer shaklidagi) ba’zilari bilan tanishamiz.
“Nima uchun” organayzeri yoki grafik organayzer metodi
O’quvchilarni jonlantirish maqsadida “Nima uchun?” texnikasidan foydalaniladi: “Nima uchun uyg‘onish davri ma’naviyati yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazina hisoblanadi?” deb savol bilan murojaat qiladi. Fikrlarni umumlashtirib, amaliy mashg‘ulotni boshlaydi.
Слайд 16Venn diagrammasi metodi. Bunda o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar
negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. Bu metod ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlarni qiyosiy taxlil etishga yordam beradi. Bundan muayyan bilim yoki boblar bo’yicha yakuniy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish samaraliroq bo’ladi. “Venn diagrammasi” o’quvchilarda o’rganilayotgan obyyektlarning o’ziga xos (farqli) va o’xshash jihatlarini tahlil qilish malakalarini rivojlantiradi.
Слайд 17«Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim» metodi o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari
darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.
Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko’rinishda tashkil etilishi mumkin:
1) har bir guruh umumiy jadval asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi;
2) guruhlar umumiy jadvalning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan byerilgan topshiriqlarni bajaradi. O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:
Слайд 18KLASTER METODI
Klaster qoidalari:
1. Aqliga kelgan so’zlarni, mazmunan o’ylamay yozib boriladi.
2. Grammatik
va boshqa texnik xatolarga e’tibor berilmaydi.
3. So’zlar vaqt tugaguncha yozilaveradi. Agar aqlingizga fikrlar kelishi to’xtab
qolgan holda qog’ozga rasm chizing, qachon yangi fikrlar esga tushgunga qadar.
4. Fikrlar doirasi cheklanmaydi, ko’proq bir-biriga bog’liq so’zlar yoziladi.