Слайд 1ANDIJON DAVLAT UNIVERSITERTI
ANDIJON 2016
Слайд 2
“Biz xalqimizni dunyoda hech kimdan kam
bo’lmasligi, farzand-larimizni bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch imkoniyatimizni safarbar etayotgan ekanmiz bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi.”
ISLOM KARIMOV
Слайд 3MAVZU: O’ZBEKISTON KIMYOGAR OLIMLARI
Слайд 4IBROHIMJON RAHMONOVICH ASQAROV
Ibroximjon Asqarov 1949 yil 6 oktyabrda Andijon viloyati Jalaquduq
tumanida tavallud topgan. 1970 yilda Andijon Davlat Pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini, 2000 yilda Farg‘ona Davlat universitetitni huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1972-1975 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot akademiyasida, 1980-1982 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining
Elementoorganik birikmalar kimyosi institutida ilmiy ish bilan shug‘illanib, 1975 yilda nomzodlik, 1991 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Xirurgiyada qo‘llash uchun sintetik elimlar siakrin AP -1, siakrin-AndiMos, bir qator dorivor birikmalar hamda o‘nlab oziq-ovqat qo‘shilmalarini ixtiro qilgan va amaliyotga joriy etgan.
Слайд 5 Umumta’lim maktablarining 7-8-9-sinflari uchun “Kimyo asoslari” universitetlar uchun “Organik kimyo” darsliklari
millionlar nusxada qayta –qayta nashr etilgan. Asqarov Ibroximjon kimyo fanlari doktori, professor, huquqshunoslik fanlari fahriy doktori, O‘zbekiston Xalq tabobati akademiyasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, zaxiradagi polkovnik.
2012 yildan Oliy Attestatsiya Komissiyasining pedagogika, psixologiya va metodika fanlari bo‘yicha ekspertlar kengashi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
SOBIR YUNUSOVICH YUNUSOV
(1909-1995)
1925 yilda metallistlar ittifoqi Sobir Yunusovni K.Marks nomli pedagogika texnikumiga yubordi. O‘qishni muvafaqqiyatli tugatgandan so‘ng u texnikumda matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshladi. 1930 yilda Sobir Yunusovni O‘rta Osiyo Davlat universitetiga etaklab keldi. O‘sha yili kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi. 1935 yilda «Oddiy talxak o‘simligining alkaloidlarini tekshirish» mavzusida diplom ishini Moskvadagi Butunittifoq kimyo-farmatsevtika ilmiy-tekshirish institutining (NIXFI) alkaloidlar kimyosi bo‘limida ko‘zga ko‘ringan sovet kimyogar olimi akademik A.P.Orexov rahbarligida yoqladi.
Sobir oilasida tug‘ildi. 1910 yil otasining vafotidan so‘ng Yunusovich Yunusov – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar ademiyasining akademigi, tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim. Sobir Yunusov 1909 yil 18 martda Toshkent shahrida g‘isht teruvchi-ishchi onasi qo‘lida tarbiyalandi. 14 yoshidan boshlab avval temirchi, so‘ng usta sifatida mehnat qila boshladi.
Слайд 7Shu davrdan boshlab alkaloidlar kimyosi Sobir Yunusovning jonajon ishi bo‘lib qoldi.
Alkaloidlar kimyosi laboratoriya xodimlari akademik S.Yunusovning bevosita rahbarligi va ishtirokida O‘rta Osiyo florasining 4000 dan ortiq o‘simligini alkaloid saqlash nuqtai nazaridan tekshirib chiqdilar, 170 dan ortiq o‘simlik turidan 750 dan ortiq alkaloid ajratib olindi, ulardan 420 tasi yangi birikmalar bo‘lib, 400 ga yaqinining kimyoviy tuzilishi isbotlandi. Nazariy ishlarni amaliyot bilan bog‘lab olib borib, galantamin, sitizin, papaverin va boshqa bir qancha alkaloidlarni ajratib olish uchun yangi o‘simlik manbalari topildi.
Ilmiy ishlar davomida bisbenzilizoxinolin alkaloidlari qatorida yangi «talmin» va «fetidin» tiplari xinolin asoslari ichiga gem-almashingan siklogeksadienon siklli furanoxinolin va 5,6,7,8-tetragidrofuranoxinolinlar kashf etildi. Birinchi marta sekosteroid ishqorlari va xinolizidin qatoridagi biomolekulalyar alkaloidlar topildi va o‘rganildi.S. Yunusov 1986-1995 yillarda O‘zbekiston FA kimyo texnalogiya bo‘limida rais lavozimida ishladi. 1995-1998 yillarda O‘simlik maddalari kimyosi institutining faxriy direktori bo‘ldi 1999 yilda institutga uning nomi berildi. 2002 yilda S.Yunusov o‘limidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» orderi bilan taqdirlandi.
Слайд 8KARIM SODIQOVICH AXMEDOV
(1914-2003)
Karim Sodiqovich Axmedov 1914 yilning 19 fevralida Toshkent shahrida
tug‘ilgan. U dunyodagi tan olingan kolloid kimyo, fizik-kimyoviy mexanika, polimerlar fizik-kimyosi, polielektrolitlar va sirt-faol moddalar sohasidagi yirik olim bo‘lib, O‘zbekistonda kolloid kimyo maktabini yaratgan.
K.Axmedovning ilmiy tadqiqotlari keng sohalarni qamrab olgan bo‘lib, ular organik va noorganik dispers sistemalar xossalarini boshqarish va kimyo texnalogiyasining kolloid-kimyoviy jarayonlarini boshqarish uchun suvda eruvchan poli-elektrolitlar va sirt-faol moddalarini ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan sintezining ilmiy asoslarini yaratish bilan bog‘langan.
Слайд 9NE’MATJON MADIXONOV
Ne’matjon Madixonov 1939 yil 9 mayda Andijon shahrida dunyoga keldi.
U 1956 yilda Andijon shahridagi 29-o‘rta maktabni tamomlab, shu yili Andijon davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 48 yillik ilmiy pedagogik faoliyatida 31 ta ixtiro va patent, 300 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar yaratdi.
Слайд 10TO‘XTASIN YUSUPOVICH NASRIDDINOV
To‘xtasin Nasriddinov 1939 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tavallud
topgan. O‘rta maktabni bitirib, 1959 yilda o‘qish istagida Andijon Davlat Pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetiga xujjat topshirgan. O‘qishni bitirgach, 1964-1966 yillarda Izboskan tumanidagi maktabda ishlaganini xisobga olmagandi, qariyb 50 yildan buyon o‘zi o‘qigan oliy dargohda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
T.Nasriddinov tajribalari va o‘quv ta’limiy saxasidagi ARM erishayotgan yutuqlariga asoslanib, Koreya Respublikasining KOISA xalqaro xamkorlik tashkilotining 50000 AQSH dollarlik shartnomsiga asosan ARM faoliyatida o‘quv adabiyotlari, ularning elektron darsliklari yaratildi.
To‘xtasin Yusupovich kimyo fanlari doktori, professor A.G.Maxsumov rahbarligida 1971 yilda kimyo fanining eng dolzarb sohasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilgan va 12 ta ixtirolik guvohnomasi sohibidir.
Слайд 11SAYYORA SHARAFOVNA RASHIDOVA
Sayyora Safarovna Rashidova 1943 yilning 2 avgustida Jizzax shahrida
xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1960 yil Toshkent shahridagi 43-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1960-1965 yillarda M.V.Lomonosof nomidagi Moskva Davlat universiteti yuqori molekulyar birikmalar kimyosi kafedrasida tahsil oladi. Polimerlar kimyosi bo‘yicha jahonga tanilgan maktab yaratgan olima, kimyo fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori.
U yuqori molikulyar birikmalar kimyosi, metallorpolimer sistemalari, biologik faol polimerlar, nikokimyo va nanofizika sohalaridagi tadqiqotlari bilan keng ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan. Sayyora Rashidova – 1000 dan ortiq ilmiy nashirlar, 7 ta monografiya va darsliklar, 50 ta ixtiro va patentlar muallifi.
Слайд 12 MASTURA ISKANDAROVA
Mastura Iskandarova 1948 yilning 4
mayida CHimkent viloyatining Sayram tumanidagi Qoramurt qishlog‘ida ziyoli dehqon oilasida tavallud topgan. 1965 yilda Toshkent Politexnika institutining kimyo-texnalogiya fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1970 yilda «Bog‘lovchi materiallar kimyoviy texnalogiyasi» ixtisosligi bo‘yicha tugatib, muhandis-texnolog diplomiga ega bo‘lgan.
Olima o‘z ilmiy faoliyati mobaynida oddiy va maxsus turdagi klinkerlar, sementlar va kompozitsion bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning energiya hamda resurstejamkor texnalogiyalarini, ularning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish borasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib bordi va soha bo‘yicha taraqqiyotiga munosib xissasini qo‘shdi.
Слайд 13Uning oson suyuluvchan mahalliy jinslardan foydalanib past haroratda klinker olish, mahalliy
tabiiy va texnogen xom ashyolarni sementga qo‘shimcha sifatida ishlatib, mustahkamligi va sulfatli agressiv muhitlar ta’siriga bardoshi yuqori bo‘lgan sementlar ishlab chiqarish borasidagi ishlanmalari sement korxonalarida joriy etilgan.
Hozirgi paytda M.Iskandarova rahbarlik qilayotgan markaz jamoasi «O‘zmetkombinat» OAJ, «Ohangaronsement» OAJ, «Qizilqumsement» OAJ, «Quvasoysement» OAJ, «Bekobodsement» OAJ, «Angrensement» OAJ, asbestsement byumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, «O‘zbekneftgaz» MXK, «Neftgazmineral» QK, «Ammofos-Maksam» OAJ, «O‘zgeoburneftgaz» OAJ hamda ko‘pgina xususiy korxonalar bilan hamkorlikda klinker, sement, turli xil kompozitsion bog‘lovchi materiallar, kuydirmasdan olinadigan g‘isht, asbestsement byumlar, neft-gaz sanoati uchun loyli burg‘ulash qorishmalari va tomponaj sementlarini og‘irlashtirishga mo‘ljallangan,mahalliy xom ashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib chetdan keltiriladigan og‘irlashtirgichlarning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan og‘irlashtirgichlar ishlab chiqarishning innavatsion texnalogiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish borasida sermahsul amaliy ishlar olib bormoqda.
Слайд 14KAMOLDIN G‘OPIROV
Kamoldin G‘opirov 1949 yil 26 dekabrda Andijon viloyatida tug‘ilgan, 1971
yilda Andijon Davlat Pedagogika institutini kimyo-biologiya ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. SHu kunga qadar K.G‘opirovning ilmiy-ijodiy ishlari mahsuli sifatida 31 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilib, respublikamiz o‘quvchi o‘qituvchilari tomonidan foydalanilmoqda.
«Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv o‘quv adabiyoti muallifi» Respublika tanlovida 2005 yilda 7-sinf «Kimyo» darsligi, 2007 yilda 9-sinf «Kimyo» darsligi, 2007 yilda 9-sinfda «Kimyo o‘qitish metodikasi»
Слайд 15va 2013 yilda «Kimyo asoslari» nomidagi darslik va qo‘llanmalari 3-darajali diplomlar
bilan, 2008 yil 8-sif «Kimyo» darsligi 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 1992 yil «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi», 1992, 2006 yillarda «Mustaqillik nishonlari», 2007 yilda «El-yurt xurmati» ordeni, 2010 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan «O‘zbekiston Qaxramoni» fahriy unvoni hamda «Oltin yulduz» nishoni bilan taqdirlangan.
Слайд 16YUSUFJON TOJIMAMETOVICH ISAYEV
Yusufjon Isaev 1967 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, kimyo fanlari
nomzodi, dotsent. 1993 yilda Andijon Davlat Universitetining kimyo-biologiya fakultetini tamomlagan. 2001 yilda «Glitsirrizin kislotasi hosillari va ularning biologik faolligi» mavzusida 02.00.10-«Biologik kimyo» ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Yu.Isaev organik kimyo, bioorganik kimyo, tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash fanlari bo‘yicha etuk mutaxassis.
Yu.Isaev xammaullifligida olingan bir qator biostimulyatorlar paxta va bug‘doy xosildorligining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Olim tomonidan bir qator biologik faol biostimulyatorlarni kimyoviy tarkibi asosida sertifikatlash uslubi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
Слайд 17NOZIMJON HOSHIMJONOVICH TO‘XTABOEV
Nozimjon Hoshimjonovich
To‘xtaboev 1971 yil 5 mayda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on Qayqi qishlog‘ida tug‘ilgan 1993 yilda Andijon Davlat universitetining kimyo fakultetini kimyo-biologiya o‘qituvchisi mutaxasisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgach, 1993-1996 yillarda mazkur universitetning asperanturasida tahsil oldi. 02.00.22-«Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» ixtisosligi bo‘yicha 2002 yilda «Paxta moyining xalqaro iqtisodiy
munosabatlarida tovar kodlarini kimyoviy tarkibi asosida tadqiq etish» mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilib, texnika fanlari nozodi ilmiy darajasiga, 2003 yilda esa dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.
Слайд 18Soha bo‘yicha etuk mutaxassis, paxta moyining xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tovar kodlarini
belgilashning tezkor usullarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy izlanishlari natijasida davlat g‘aznasiga400 ming AQSH dollari hisobida foyda keltirgan.Nozijon To‘xtaboevning ilmiy-pedagogik faoliyati sermazmun va serqirrali. U 75 dan ortiq ilmiy-metodik, shu jumladan 19 ta o‘quv-metodik ishlar muallifi.
Слайд 19XULOSA.
Biz ushbu sh mobaynida O’zbekiston kimyogar olimlarini anorganik va organik kimyo
fani bo’yicha olib borgan ishlarini kuzatdik. Kuzatuv natijalari asosida o’z bilimlarimizni kengaytirdik. Biz kelajakda ushbu olgan bilimlarimiz asosida kimyo fani rivojiga munosib hissamizni qo’shish niyyatidamiz .
Слайд 20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
O’zbekiston kimyogar olimlari I.R.Asqarov “Fan va texnologiya ” nashriyoti 2014.
Kimyo asoslari I.R.Asqarov , K.G’opirov O’zbekiston ensiklopediyasi Tosh: 2014 bet: 6-11
Kimyo 7-sinflar uchun darslik. I.R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’opirov. Sharq nashiryoti Tosh: 2015. bet: 5-8
www.ziyonet.uz
www.referatlar.uz